Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining “Akademik halollik va tadqiqot etikasi kodeksi” hamda “Antiplagiat yo‘riqnomasi” asosida tayyorlangan talabalar uchun qisqa qo‘llanma bilan tanishishingiz so‘raladi.
Qo‘llanmada plagiatning oldini olish, ilmiy manbalardan to‘g‘ri foydalanish, mustaqil ishlarni bajarish, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va akademik halollik talablariga rioya etish qoidalari tushuntirilgan.
Barcha talabalardan mazkur talablarni o‘rganish va o‘quv hamda ilmiy faoliyatda ularga amal qilish so‘raladi.